Alisher Navoiy mukofoti Nobel mukofoti laureatiga topshirildi
O'zbekiston
Budapeshtda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida turkiy dunyoning eng nufuzli mukofotlaridan biri - Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turkiyalik taniqli biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Milliy universitetining faxriy doktori Aziz Sanjar 2025-yilgi mukofot sohibi bo‘ldi. Uning ilmiy yutuqlari, gumanitar va madaniy muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi turkiy xalqlarni birlashtirish ramzi sifatida yuqori baholanadi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev laureatni tabriklar ekan, allomaning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi butun turkiy dunyo yosh avlodini ilm-fan va madaniyat sohasida ulkan yutuqlarga ilhomlantirishini ta’kidladi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nomidagi mukofot 2021-yilda Mirziyoyevning tashabbusi bilan ta’sis etilgan bo‘lib, turkiy birlikni mustahkamlash, madaniyat, ilm-fan, tinchlik va xavfsizlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun har ikki yilda bir marta topshiriladi. Birinchi laureat Chingiz Aytmatov bo‘ldi - vafotidan keyin, 2022-yilda.

Powered by Froala Editor