Alisher Sultonov Prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan Alisher Saidabbasovich Sultonov Prezidentning energetik xavfsizlik masalalari bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Mazkur qarorning sabablari va keyingi tayinlovlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Ushbu lavozim Prezident Administratsiyasi tuzilmasi qayta tashkil etilgach joriy etilgan bo‘lib, Sultonov uni joriy yil iyul oyidan buyon egallab kelayotgan edi.
Alisher Sultonov yoqilg‘i-energetika sohasida katta tajribaga ega. U 1996 yildan neft-gaz tarmog‘ida faoliyat yuritgan, turli yillarda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi va “O‘zbekneftgaz” kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
2019–2022 yillarda u energetika vaziri lavozimida ishlagan va sog‘lig‘i sababli bu lavozimni tark etgan. 2023 yilda esa Prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan.
Joriy yil yozida Prezident Administratsiyasi tuzilmasidagi o‘zgarishlar fonida uning vakolatlari qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor