Tramp Eron bilan urushishdan bosh tortgan NATO bo‘yicha ittifoqchilarni jazolashi mumkin

Dunyo

Donald Tramp ma’muriyati Yevropadagi harbiy ishtirokini tubdan isloh qilishga tayyorlanmoqda. The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Vashington Eron bilan mojaroda AQSH va Isroilni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan NATO davlatlaridan qo‘shinlarni olib chiqish va ularni yanada “sodiq” ittifoqchilar hududiga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tramp Eron bilan urushishdan bosh tortgan NATO bo‘yicha ittifoqchilarni jazolashi mumkin
Oq uydagi manbalarga ko‘ra, ushbu reja Alyans a’zolariga bosim o‘tkazish vositasiga aylanishi kerak. Gap AQSHning harbiy kampaniyasini ochiq qo‘llab-quvvatlagan davlatlarni rag‘batlantirish va neytral yoki muxolif pozitsiyani egallaganlar uchun mudofaa kafolatlarini qisqartirish haqida bormoqda.

Yangi strategiya doirasida Yevropadagi kamida ikkita yirik Amerika harbiy bazasi — Germaniya va Ispaniya hududidagilar yopilish xavfi ostida qoldi. Choralar keskin bo‘lishiga qaramay, ekspertlar ta’kidlashicha: bu ssenariy AQSHning NATOdan chiqishini anglatmaydi, balki blok ichidagi hamkorlik formatini qayta ko‘rib chiqishdir. Hozircha loyiha muhokamaning dastlabki bosqichida, rasmiy Vashington esa izoh berishdan tiyilmoqda. Biroq, bunday tashabbusning ko‘rib chiqilayotgani allaqachon Yevropa poytaxtlarida jiddiy xavotir uyg‘otdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing