O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar fuqaro davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O'zbekiston
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar inson mehnati, kasbiy yutuqlari va mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mukofotlanganlarning xizmatlari alohida e’tirofga loyiq ekanini ta’kidladi.
Davlat rahbari shu kunlarda faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlanayotgan yurtdoshlarga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mukofotlanganlar orasida O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, mamlakatga yirik investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga hissa qo‘shayotgan xorijiy hamkorlar ham borligi qayd etildi.
Prezident mukofotlanganlarning mehnatsevarligi va jasorati yosh avlod uchun namuna ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, davlat mukofotlari ularning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasining e’tirofidir.
22 avgust kuni Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, xorijiy fuqarolar va xorijda yashayotgan vatandoshlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlashga oid qator farmonlarni imzolagan edi.
Marosim davomida Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni ularning egalariga tantanali ravishda topshirdi.
«Odamlar sizning ko‘ksingizga munosib bo‘lgan yuksak unvon, orden va medallarga havas bilan qaraydi, yoshlarimiz esa sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusidagi faoliyatingizda yangi kuch va ilhom bag‘ishlashiga ishonaman», — dedi Prezident.

Powered by Froala Editor