O‘zbekiston islomiy moliya bozori uchun huquqiy bazani shakllantirmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishning huquqiy va institutsional bazasi rivojlanmoqda: hozirda 12 ta mikromoliya tashkiloti islomiy moliyaviy xizmatlarni taqdim etmoqda. Keyingi yo‘nalish esa islomiy kapital bozorini rivojlantirishdan iborat. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Silk Road Finance & Technology Forum’da ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mikromoliya tashkilotlari murabaha, ijara, salam, mudaraba va musharaka shartnomalaridan foydalanmoqda. Tashkilotlardan biri to‘liq ayol tadbirkorlarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan bo‘lib, foydani ulush asosida taqsimlashga asoslangan mudaraba mexanizmidan foydalanadi.
Ishmetov O‘zbekistonda islomiy moliyaning rivojlanishi uch bosqichda amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Birinchi bosqich mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliyalashtirish mahsulotlarini taklif qilish imkonini bergan qonun va me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqich 29 iyunda islomiy bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun qabul qilingach boshlandi. Mazkur hujjat mamlakatda islomiy bankchilikni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratdi.
Uchinchi bosqich islomiy kapital bozorini rivojlantirishni nazarda tutadi. Kapital bozori to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasida sukuk uchun alohida bob ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilingan bo‘lib, suveren va korporativ sukuk chiqarish uchun huquqiy asos yaratadi.
«Qonun loyihasida, shuningdek, islomiy moliyalashtirish standartlariga rioya etish talablari, sukuk uchun maxsus yuridik shaxslarning huquqiy maqomi va sukuk aktivlarini himoya qilish mexanizmi belgilangan», — dedi Markaziy bank raisi.
Islomiy moliyaviy xizmatlar kengayishi global bozordagi o‘sish fonida yuz bermoqda. Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashi Bosh kotibi G‘iyos Shabsig ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil oxiriga kelib global islomiy moliya bozori $4,2 trillionga yetgan.

Powered by Froala Editor