O’zbekiston GLONASS signallariga kirish huquqiga ega bo'ldi

Texnologiya

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston bilan respublikani GLONASS sun’iy yo'ldosh tizimiga ulash masalasi bo’yicha muzokaralar o’tkazish bo’yicha taklifini ma’qulladi.

O’zbekiston GLONASS signallariga kirish huquqiga ega bo'ldi
Rossiyaning global navigatsiya sun’iy yo’ldosh tizimi (GLONASS) foydalanuvchilar uchun quruqlikda,dengizda,havoda va kosmosda navigatsiya ma’lumotlarini tezda olishni ta’minlaydi. Ushbu tizimning yuqori aniqlikdagi signallari aviatsiya, transport, qishloq xo’jaligi, qurilish,geodeziya va kartografiyada keng qo’llaniladi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarga javob berishga imkon beradi.

GLONASS signallaridan foydalanish imkoniyati O’zbekistonning navigatsiya imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishga, bu esa iqtisodiyot tarmoqlari hamda transport sohalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing