Alphabet Wiz startapini 23 milliard dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda
Texnologiya
Google kompaniyasining bosh kompaniyasi Alphabet kiberxavfsizlik sohasida ishlaydigan Wiz startapini 23 milliard dollarga sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu Alphabet tarixidagi eng yirik bitim bo'lishi mumkin, deb xabar beradi Bloomberg.
Manbalarga ko'ra, muzokaralar yakuniy bosqichda, ammo kelishuvga hali erishilmagan va bitim amalga oshirilmasligi ham mumkin. Reuters bitim yaqin orada amalga oshirilishi kerak deya xabar bermoqda.
Wiz-ni sotib olish Google-ga bulutli yechimlar bozorida Microsoft va Amazon-ga yetib olishga yordam beradi. Bulutli biznesga katta sarmoya kiritganiga qaramay, Alphabet hali ham raqobatchilardan orqada qolmoqda. Shu bilan birga, Google-ning bulutli bo'limi yaqinda bir necha yillik yo'qotishlardan so'ng foyda ko'rishni boshladi.
Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Wiz tahdidlarni aniqlash va ularga javob berish uchun sun'iy intellektdan foydalangan holda bulutga asoslangan kiberxavfsizlik yechimlarini taqdim etadi. 2023 yilda kompaniyaning daromadi taxminan 350 million dollarni tashkil etdi. May oyida Wiz xususiy moliyalashtirish turida 1 milliard dollar jalb qildi, kompaniyani 12 milliard dollarga baholadi. Alphabetning Wiz bilan bitimi AQSh regulyatorlari tomonidan kuchaytirilgan nazorat fonida yopilishi mumkin.

Powered by Froala Editor