Alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi

Dunyo

Yapon olimlari alsgeymer kasalligi yuzasidan olib borgan izlanishlari natijasida oddiy nafas mashqlari orqali uning oldini olish mumkinligini aniqladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Alsgeymer kasalligidan himoyalanishning oson usuli topildi
Qayd etilishicha, tadqiqot uchun 108 nafar ko‘ngilli jalb etilib, ulardan tegishli qon tahlillari olingan va xastalik xavfini ko‘rsatuvchi biomarkerlar tekshirilgan. Keyin ishtirokchilar ikki guruhga ajratilgan. Birinchi guruh har kuni oddiy nafas mashqlarini bajarib bordi. Ikkinchi guruh esa aqliy faoliyati va xotira butunligini saqlashga qaratilgan meditatsiya mashg‘ulotlari bilan band bo‘lgan.

O‘z navbatida, haftada bir bor barcha ishtirokchilar qon tahlillari olinib, Alsgeymer biomarkerlari hisoblangan amiloid-40 va 42 darajalari tekshirib borilgan.

To‘rt haftadan so‘ng tadqiqotchilar hayratlanarli natijaga duch kelgan. Birinchi guruhdagi nafas olish mashqlari bilan shug‘ullanuvchilar qonida beta-amiloid miqdori sezilarli darajada pasaygani aniqlangan. Bu ularda Alsgeymer kasalligi rivojlanish xavfi kamayganidan dalolat beradi.

Ikkinchi guruh natijalari esa xavotirli bo‘lgan: 4 haftalik tajribadan so‘ng ularning qonida beta-amiloidlar darajasi oshgani ma’lum bo‘lgan.

"Shunga asoslanib, yapon olimlari kuniga 10-15 daqiqa nafas olish mashqlarini bajarish Alsgeymer rivojlanishining oldini olishda samarali usul, degan xulosaga keldi", deyiladi xabarda.

Alsgeymer — ko‘proq keksa yoshli insonlarda uchraydigan xastalik. U asta-sekin xotira susayishi, bosh miya faoliyati buzilib, aqliy qobiliyat pasaya borishi bilan namoyon bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing