Toshkentda Zurab Tseretelining “Hayotdan ham ko‘proq” ko‘rgazmasi ochildi
O'zbekiston
1-oktabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Zurab Tseretelining “Hayotdan ham ko‘proq” ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiya II “San’at olami” Rossiya san’ati festivalining markaziy tadbiriga aylandi.
Ko‘rgazmada rassomning 80 dan ortiq asari, jumladan, rangtasvir, haykaltaroshlik va emal ishlari namoyish etilmoqda. Ekspozitsiya Zurab Tsereteli ijodining turli yo‘nalishlari bilan tanishish imkonini beradi.
II Rossiya san’ati festivalining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazi prezidenti Tatyana Shumova hamda Rossiya Badiiy akademiyasi prezidenti Vasiliy Tsereteli ishtirok etdi.
“Hayotdan ham ko‘proq” ko‘rgazmasi O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida 1-dekabrgacha davom etadi.
II “San’at olami” Rossiya san’ati festivali O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

Powered by Froala Editor