O‘zbekistonda banklar mijozlarni kredit olishdagi xatarlar haqida ogohlantiradi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston banklari mijozlarni kredit qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamaslik bilan bog‘liq xatarlar haqida oldindan xabardor qilishi shart bo‘ladi. Tegishli qaror 30 sentyabr kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan va rasmiy e’lon qilingan kundan bir oy o‘tib kuchga kiradi.
Yangi talablarga ko‘ra, kredit mahsulotlari reklamasida qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamaslikning mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida ogohlantirish bo‘lishi kerak. Grafik, video va audio reklamalarda bunday ogohlantirish reklama materialining kamida 10 foizini egallashi lozim.
Xuddi shunday ogohlantirish kredit shartnomasining birinchi sahifasida ham joylashtiriladi. U sahifa maydonining kamida 30 foizini egallashi kerak.
Ogohlantirishda qarzdorlikni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, qarz summasining oshishi, qarz oluvchining mol-mulki va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lariga undiruv qaratilishi, shuningdek kredit tarixining yomonlashishi mumkinligi qayd etiladi.
Kredit mahsulotlarini targ‘ib qilishda mijozlarni chalg‘itadigan banklarga nisbatan ta’sir choralari va sanksiyalar qo‘llanadi.
Yangi talablar iste’molchilar kredit olishdan oldin u bilan bog‘liq xatarlar va qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida aniq va tushunarli ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.
Markaziy bank xabariga ko‘ra, bu fuqarolarga o‘z kredit majburiyatlarini bajarish imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash va asoslangan qarorlar qabul qilishga yordam beradi. O‘zgarishlar ortiqcha qarzdorlik va muddati o‘tgan qarzlarni kamaytirish, kredit mahsulotlarini reklama qilishda banklarning ochiqligini oshirish hamda iste’molchilarga ishonchli ma’lumot taqdim etishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yangi talablar mamlakatda mas’uliyatli kreditlash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor