Amerika Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytiradi
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan AQSH biznesining Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi aniq rejalarni muhokama qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrifi doirasida 18-sentyabr kuni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda “GE HealthCare”, “Oppenheimer”, “Cerberus”, “CNH” va “Cintana” korporatsiyalari rahbarlari ham ishtirok etgan. O‘zbekiston yetakchisi uchrashuv ishtirokchilarini Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi tashkil etilganining 30 yilligi bilan tabriklab, ushbu tuzilma ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlagan.
Joriy yil 15-sentyabr kuni Vashington shahrida AQSHning 250 dan ortiq kompaniya va banklari vakillari ishtirokida o‘tgan qo‘shma biznes forumining samarali yakunlari katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. Palata raisi Kerolin Lemm Shavkat Mirziyoyevga Amerika biznesining Oʻzbekistonga qiziqishi va ishonchi oshishiga xizmat qilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini amalga oshirishdagi siyosiy yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirgan. Keyingi bir necha yilda palata tarkibiga AQSHning yirik kompaniyalari kirgani, ularning umumiy soni 50 taga yetgani ta’kidlangan.
Uchrashuvda AQSH biznesining Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi aniq rejalari muhokama qilingan. Yakunda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini qabul qilishga kelishib olingan.

Powered by Froala Editor