Amerikaning soch ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha yetakchi jarrohi Toshkentga keldi

O'zbekiston

Joriy yilning 29-fevral kuni AQShda doktor Yu nomi bilan mashhur bo‘lgan shifokor Sanusi Umar Toshkentga keldi. Mehmon “Medion” tibbiyot markaziga tashrif buyurdi va Shorahmat Shorahmedov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hamkasblari tomonidan kutib olindi.

Amerikaning soch ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha yetakchi jarrohi Toshkentga keldi
Ta'kidlash joizki, doktor Sanusi Umarning MDH mamlakatlariga tashrifi uning mintaqadagi birinchi tajribasidir. Uning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy mutaxassislar bilan tajriba almashish va O'zbekiston tibbiyot amaliyotining madaniyati va xususiyatlari bilan yaqindan tanishishdir. Tashrif davomida mehmon “NanoHair” klinikasida soch ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasida ham ishtirok etdi.

Doktor Sanusi Umar Nigeriyada tavallud topgan va u yerning oliygohini tamomlagan. Namibiyadagi kasalxonada amaliyot o’tagach, u AQShga ko'chib o'tdi va Kaliforniya hamda Nyu-York universitetlarida dermatologiya bo'yicha o'qishni muvaffaqiyatli yakunladi. Hozirda shifokorning AQShda mashhur bo'lgan o'z klinikasi mavjud. Sanusi Umar sertifikatlangan dermatolog va sochni tiklash bo'yicha mutaxassis hisoblanadi va son-sanoqsiz insonlarga shifo ulashishga ulgurgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing