Andijon gidroenergetika, logistika va biznesni qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi
O'zbekiston
Andijon viloyatida sanoat rivoji bilan elektr energiyasiga talab ham ortmoqda. Shu bois daryo va kanallarning salohiyatidan kengroq foydalanish, tadbirkorlarni moliyalashtirishni yaxshilash hamda transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
Viloyatning gidroenergetika salohiyati 200 megavatt bo‘lib, yiliga 500 million kilovatt-soat elektr ishlab chiqarish imkonini beradi. Hozir 44 megavatt quvvatdagi kichik va mikro GESlar qurilishiga 400 nafar talabgor bor. Ikki yillik dastur asosida mikro GESlarni “tayyor holda” qurib, tadbirkorlarga lizingga berish boshlanadi. Betonlashtiriladigan 81 kilometr kanalda GESlar kaskadi barpo etiladi.
Andijondagi davlat tashkilotlari Bobur shahriga ko‘chirilgach, bo‘shaydigan binolar va maydonlar savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltiriladi. 30 ta ma’muriy bino ko‘chirilishi natijasida 13 gektar yer va 70 ming kvadrat metr maydon bo‘shaydi. Bu qo‘shimcha $1 mlrd investitsiya jalb qilish va kamida 20 ming ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Asaka, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa markazlari hamda Xonobod yuqori daromadli biznes hududlariga aylantiriladi. Ularning bosh rejalari savdo va xizmatlarda kamida 20 ming ish o‘rni yaratadigan loyihalarga moslashtiriladi.
Banklarni mijoz biznesini o‘stirish tamoyili asosida transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi. Yil boshidan garov yoki kafil topa olmagani sababli 35 ming kishiga kredit berilmagan. Endi banklar real pul oqimi, buyurtma va shartnomalar, debitorlik qarzi, tovar aylanmasi va biznes zanjirlarini hisobga oladi. Yirik buyurtmachi bilan uzoq muddatli shartnoma kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi. 500 mln so‘mgacha bo‘lgan loyihalarda biznes-reja talab qilinmaydi.
To‘qqizta davlat banki bir oy ichida biznesni rivojlantirishga yordam beradigan 20 ta yangi mahsulot taklif qiladi. Mahalla soliqchilari esa daromadi yoki ish o‘rni kamaygan korxonalarga muammolarni hal etishda ko‘maklashadi.
“Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘li yuk tashishni 10 barobar oshirib, yiliga 15 mln tonnaga yetkazish imkonini beradi. Qo‘rg‘ontepa va Xonobodda 300 gektarda $600 mlnlik logistika majmuasi loyihasi boshlanadi. “Keskanyor” chegara posti “Do‘stlik”dan ikki barobar katta bo‘lib, yuk oqimini 2–3 barobar oshirish va tashish muddatini bir haftaga qisqartirishga xizmat qiladi.
78 kilometrlik “Xonobod — Andijon” pulli yo‘li loyihalashtiriladi. “Toshkent — Andijon” tezyurar poyezdi esa safar vaqtini olti soatdan to‘rt soatgacha qisqartirdi.

Powered by Froala Editor