Andijonda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik loyihalari kengaytiriladi
O'zbekiston
Andijon viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda yirik komplekslar sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, meva-sabzavotni qayta ishlash, paxtachilikni qo‘llab-quvvatlash va ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni rag‘batlantirish choralari kengaytiriladi.
Ulug‘norda paxtadan ozuqa ekinlariga o‘tkazilgan 5 ming gektar maydon kamida 10 ming bosh qoramol boqish imkonini beradi. Yil yakunigacha dala chetlaridagi kamida 200 gektarda chorva boqish sharoiti yaratiladi. Ulug‘nor va Bo‘stonda yirik chorvachilik komplekslari loyihalari ishlab chiqiladi.
Baliqchidagi qiymati $20 mln bo‘lgan parrandachilik majmuasi tajribasi asosida Jalaquduqda 4 ta, Xo‘jaobodda 3 ta shunday loyiha boshlanadi. Ulug‘nordagi 1,2 ming gektarda esa baliqchilik klasteri tashkil etiladi.
Adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritish uchun “Agrostar” kompaniyasi tuziladi. Bahorgacha 4–5 ming gektarga suv chiqarilib, shaftoli, gilos, o‘rik va olxo‘ridan sanoat bog‘lari barpo etiladi. Bog‘lar uch yil parvarishlanib, aholiga tayyor holda beriladi. Buning uchun $30 mln, adirlarga suv chiqarishga 200 mlrd so‘m ajratiladi.
Hozir viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning 16 foizi qayta ishlanmoqda. Kichik uskunalarni lizingga berish va tuman brendlarini yaratish orqali bu ko‘rsatkichni 30 foizga, eksportni esa $500 mln ga yetkazish rejalashtirilgan. Qayta ishlash uskunalari uchun 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Baliqchidagi 5 gektarlik issiqxona loyihasi respublika bo‘ylab ommalashtiriladi. Bunga 300 mlrd so‘m, jumladan, Andijonga 50 mlrd so‘m beriladi.
Paxtani birjada sotgan fermer va uni sotib olgan klasterga har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi. O‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlar gektariga 1,5 mln so‘mdan oladi.
Kamida 1 ming ishchisi bor korxonalarda o‘qitish, malaka oshirish va transport xarajatlarining 50 foizi qoplanadi. Besh yil ishlagan xodimlarning farzandlari kontrakti ham kompensatsiya qilinadi. Andijonga bu yo‘nalish uchun $20 mln ajratiladi.
Andijonni Farg‘ona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirish vazifasi ham belgilandi. Viloyatdagi 12 ta oliygohda 95 ming, 59 ta texnikumda 60 ming yosh tahsil olmoqda. Amaliy kafedralar 46 ta sanoat zonasi va 56 ta yirik korxonaga joylashtiriladi, dual ta’lim qamrovi 80 foizga yetkaziladi.
Andijon texnika instituti transformatsiya qilinib, xorijiy menejer va professorlar jalb etiladi. Institutda sanoatga yo‘naltirilgan dizayn fakulteti ochiladi. Buning uchun 25 mlrd so‘m ajratiladi.

Powered by Froala Editor