Andijonda pnevmatik miltiq bilan 52 ta radarni ishdan chiqargan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O'zbekiston

Andijonda yo‘l harakati qoidalarini nazorat qilishga mo‘ljallangan 52 ta texnik vositani ataylab ishdan chiqargan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Andijonda pnevmatik miltiq bilan 52 ta radarni ishdan chiqargan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 49 yoshli mahalliy fuqaro shahar bo‘ylab 29 ta chorrahaga o‘rnatilgan 51 ta Hikvision rusumli foto va video qayd qilish kamerasi hamda 1 ta radar kompleksiga o‘zining "SKRET" rusumli pnevmatik miltig‘idan o‘q uzgan. U bu harakatini avvalgi jarimalar tufayli qilganini tan olgan.

Tergovga ko‘ra, u tomonidan davlat mulkiga yetkazilgan umumiy moddiy zarar miqdori 1 milliard 147 million so‘mni tashkil qilgan.

Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi – “ko‘p miqdorda mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing