Andijonda suv ta’minoti, xotin-qizlar bandligi va raqamli xavfsizlik kengaytiriladi
O'zbekiston
Andijon viloyatida aholi turmush sharoitini yaxshilash, biznesni rivojlantirish va shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshiriladi. Bobur shahrida uy-joy va xizmat ko‘rsatish obyektlari, suv ta’minoti, xotin-qizlar bandligi hamda jamoat xavfsizligi bo‘yicha yangi choralar belgilandi.
Bobur shahri 4 ming gektar qir-adir hududda barpo etilmoqda. Yangi uylarga 25 ming aholi ko‘chib o‘tdi, yana 200 ming kishiga mo‘ljallangan 800 ta ko‘p qavatli uy qurilishi boshlandi. Savdo komplekslari, biznes markazlari, mehmonxonalar, xususiy ta’lim, tibbiyot va sport obyektlarini qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi. Bunday loyihalar uchun yerning boshlang‘ich narxi uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan yerga nisbatan ikki barobar arzon bo‘ladi.
Andijon shahridagi Bobur shoh ko‘chasida ko‘prik ishga tushirildi. Kelgusi yili Milliy tiklanish — Navoiy, O‘zbekiston — Bobur hamda Amir Temur — “Yangi aylanma yo‘li” kesishmalarida uchta yirik yo‘l o‘tkazgich quriladi. Asaka markazini aylanib o‘tuvchi ko‘prik ham barpo etiladi.
So‘nggi yillarda suv ta’minoti va kanalizatsiyaga 1,5 trln so‘m ajratilib, ichimlik suvi qamrovi 93 foizga yetdi. Kelgusi yildan 1 mln aholining suv ta’minotini yaxshilash uchun “Xonobod — Andijon” magistral quvurining ikkinchi tarmog‘i quriladi. Andijonda 9 km kanalizatsiya tarmog‘i rekonstruksiya qilinmoqda, yana 15 km yangilanadi. Oltinko‘ldagi oqova suv tozalash inshooti quvvati ikki barobar oshiriladi.
Xotin-qizlar bandligi uchun $20 mln mablag‘ga ega alohida jamg‘arma tashkil etiladi. Viloyatda ishlash istagidagi 3 ming ayol bola parvarishi bilan band. Maktabgacha ta’lim qamrovi 86 foizga yetgan, tadbirkorlar yana 134 ta oilaviy bog‘cha ochishga tayyor.
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun Andijon, Shahrixon va Andijon tumanlari ichki ishlar organlarida raqamlashtirish bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari joriy etiladi. Ko‘cha kameralaridagi ma’lumotlar sun’iy intellekt orqali tahlil qilinadi.
Tadbirkorlar nizolarini tez ko‘rib chiqish ham belgilandi. Oliy sud, Biznes-ombudsman va Adliya vazirligi murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Oktabr–noyabr oylarida nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha o‘quvlar o‘tkaziladi va protsessual qonunchilik tahlil qilinadi.

Powered by Froala Editor