Android’ning yangi Theft Detection Lock xususiyati smartfon o'g'irlanishining oldini olishga yordam beradi

Texnologiya

Google o‘z foydalanuvchilari uchun kutilmagan sovg‘a tayyorladi — Android 15 operatsion tizimining ikkinchi beta-versiyasida mobil qurilmalarni o‘g‘irlikdan himoya qilishni sezilarli darajada kuchaytiruvchi Theft Detection Lock nomli yangi xavfsizlik funksiyasi taqdim etildi.

Android’ning yangi Theft Detection Lock xususiyati smartfon o'g'irlanishining oldini olishga yordam beradi
Yangi funksiyaning asosiy g‘oyasi qurilmani o‘g‘irlash yoki tortib olishga urinishni ko‘rsatuvchi noodatiy keskin harakatlarni avtomatik tanib olishdan iboratdir. Tizim shubhali harakatni aniqlashi bilanoq, qurilma ekranini darhol qulflaydi va potensial buzg‘unchilar foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga kira olmaydi.

Bundan tashqari, Threat Detection Lock qurilmani masofadan turib buzishga urinishlarni ham kuzatib boradi va buzg'unchi foydalanuvchi ma'lumotlariga kirishining oldini olish uchun uni tarmoqdan avtomatik ravishda uzib qo'yadi.

Bu xususiyat, shubhasiz, mobil qurilmalar o'g'irlanishiga qarshi kurashda qo'shimcha vositaga aylanadi va foydalanuvchilarning Android’dagi shaxsiy ma'lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoya qiladi.

Ba'zi yangi xavfsizlik funksiyalari, jumladan, Theft Detection Lock Android operatsion tizimining eski versiyalarida ham paydo bo'ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing