Apellyatsiya sudi Le Penga 2027-yilgi saylovlarga yo‘l ochdi
Dunyo
Marin Le Pen apellyatsiya sudi unga tayinlangan jazoni yengillashtirib, saylanish huquqidan mahrum etish muddatini o‘zgartirganidan so‘ng 2027-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashishi mumkin.
Avvalroq birinchi instansiya sudi siyosatchini Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan amalda Fransiyadagi partiya uchun ishlagan xodimlarga haq to‘lash tizimi bilan bog‘liq ish bo‘yicha aybdor deb topgan edi. Le Pen to‘rt yil ozodlikdan mahrum etish, besh yil davomida saylovlarda qatnashishni taqiqlash va 100 ming yevro jarimaga hukm qilingan.
Apellyatsiya sudi ozodlikdan mahrum etish muddatini uch yilgacha qisqartirdi. Shundan ikki yili shartli, yana bir yil esa elektron bilaguzuk ostida o‘talishi mumkin. Saylanish huquqidan mahrum etish muddati 45 oy etib belgilandi, uning 30 oyi shartli hisoblanadi.
Shu tariqa, amaldagi cheklovlar Le Penning 2027-yilda Fransiya prezidentligiga nomzod bo‘lishiga endi to‘sqinlik qilmaydi. Biroq siyosatchi bir yil davomida elektron nazorat ostida bo‘lishi kerak.

Powered by Froala Editor