Apple ga qarshi soliq ishi: kompaniya 13 milliard yevro to‘lashga majbur

Biznes

Evropa Ittifoqi sudi Apple kompaniyasini Irlandiyada to‘lamagan soliqlar uchun 13 milliard yevro jarima to‘lashga majbur qildi. Bu qaror soliq imtiyozlari bilan bog‘liq o‘n yillik ishning nihoyasiga yetganini bildiradi. Eurokomissiya 2016-yilda Dublinni Apple’dan bu qarzni undirishga majbur qilgan edi.

Apple ga qarshi soliq ishi: kompaniya 13 milliard yevro to‘lashga majbur
Evropa sudi tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra, Apple kompaniyasi Irlandiyada noqonuniy soliq imtiyozlari tufayli 13 milliard yevro soliq to‘lamagan. Irlandiya hukumati esa bu ayblovlarni rad etib, hech qanday kompaniyaga soliq imtiyozi berilmaganini ta’kidlamoqda.

2014-yilda Apple’ga qarshi soliq tekshiruvlari boshlanib, 2016-yilda Eurokomissiya kompaniyani katta soliq qarzini to‘lashga chaqirdi. Biroq Apple va Irlandiya bu qarorga qarshi apellyatsiya berdi va 2020-yilda dastlabki sud qarori ular foydasiga hal bo‘ldi. Shunga qaramay, 2024-yilning 10-sentyabrida Evropa sudi Eurokomissiya qarorini tasdiqladi.

Sud qarori chiqqanidan so‘ng, Apple aksiyalari 1%ga arzonlashdi va $219,4 darajasida savdo qilindi. Bu qaror kompaniya va uning aktsiyadorlari uchun moliyaviy zarba bo‘ldi.

Evropadagi adolatli soliq siyosatini himoya qilgan Eurokomissiya vakili bu sud g‘alabasini soliq to‘lovchilarning haq-huquqlari uchun muhim deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, Apple kompaniyasi o‘zining xalqaro soliq qonunchiligiga mos ravishda harakat qilganini ta’kidlab, Eurokomissiyani adolatsiz qarorda ayblamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing