Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha yetakchilikni Samsungga boy berdi

Biznes

Janubiy Koreya giganti Samsung kompaniyasi 2024-yilning birinchi choragida dunyodagi eng yirik smartfon yetkazib beruvchiga aylandi. Buni International Data Corporation (IDC) tadqiqot kompaniyasi ma’lum qildi.

Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha yetakchilikni Samsungga boy berdi
IDC maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar-mart oylarida Samsung jahon smartfon bozorining 20,8 foizini, Apple’ning ulushi esa 17,3 foizni tashkil etdi.

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2024-yilning birinchi choragida smartfonlar yetkazib berish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.

IDC tahlilchilari Samsung va Apple yuqori darajadagi segmentda hukmronlik qilishda davom etishini kutishmoqda, biroq shu bilan birga Huawei, Xiaomi, Transsion, OPPO/OnePlus va Vivo kabi brendlar o’sish va diversifikatsiya potensialiga ega ekaniga ishora qilishmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing