Apple Tramp farmoniga qarshilik qilmoqda

Dunyo

AQShning yangi prezidenti Donald Trampning bosimiga qaramay, Apple kompaniyasi xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik (DEI) dasturlaridan voz kechishni rejalashtirmayapti.

Apple Tramp farmoniga qarshilik qilmoqda
Tramp 20 yanvar kuni o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng, davlat idoralari va federal xodimlar orasida DEI’ni cheklashga qaratilgan farmonni imzoladi. Bu ba’zi korporatsiyalar, jumladan, Google’ning bunday tashabbuslarni bekor qilishiga olib keldi. Biroq, Apple xilma-xillik tamoyillarini himoya qilishda davom etmoqda va ular rekord darajadagi 3,7 trillion dollarlik bozor qiymatiga erishishda muhim rol o‘ynaganini da’vo qildi.

"Bizning harakatlarimiz Apple muvaffaqiyati uchun dunyodagi eng yaxshi mahsulotlarni yaratish kabi muhim, deb hisoblaymiz," - deya xabar berdi kompaniya.

DEI dasturlari an’anaviy cheklangan guruhlar, jumladan afro-amerikaliklar, ayollar va nogironlar uchun yanada adolatli sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Shu bilan birga, bu tashabbuslarni tanqid qiluvchilar, jumladan, Tramp va uning tarafdorlari ular oq tanli erkaklarni kamsitayotganini da’vo qiladi.

Yangi ma’muriyat bosimi ostida Apple yondashuvi o‘zgaradimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum, biroq kompaniya inklyuzivlik siyosatidan voz kechgan Google va boshqa texnologik gigantlardan o‘rnak olish niyatida emasligini qat’iy ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing