O‘zbekistonda o‘ziga begona shaxslarga xayriya yig‘ish taqiqlanishi mumkin
O'zbekiston
Bu bo‘yicha qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o’qishda qabul qilindi. Unga ko‘ra, ko‘ngillilar tomonidan homiylik xayriyalarini yig‘ishning aniq tartibi belgilanmoqda.
Bunda jismoniy shaxslar faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshi uchun xayriya mablag‘larini yig‘ishi mumkin bo‘ladi. Ko‘ngillilar o‘ziga begona bo‘lgan shaxslar uchun xayriya yig‘ishda faqat e’lon berish bilan ko‘maklashishi mumkin.
Agar xayriya naqd pul shaklida yig‘iladigan bo‘lsa, buni faqat xayriya qutisi yordamida yoki homiylik tashkilotlari, homiylikni amalga oshiruvchi yoki oluvchi yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Agar xayriya mol-mulk shaklida yig‘ilsa, qabul qilib olingan mol-mulk ro‘yxati shakllantiriladi hamda uning turi, miqdori ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi.

Powered by Froala Editor