Pit Hegsetga impichment tayyorlanmoqda

Dunyo

AQSH va Isroilning Erondagi harbiy kampaniyasi Vashington ichida keskin siyosiy inqirozni keltirib chiqardi. Kelasi hafta Kongress Pentagon rahbari Pit Hegsetga nisbatan impichment jarayonini boshlash niyatida. Mudofaa vaziri askarlar hayotiga bepisandlik va demokratlar jinoyat deb atayotgan urush uslublarida ayblanmoqda.

Pit Hegsetga impichment tayyorlanmoqda
Axios portalining xabar berishiga ko‘ra, jarayon tashabbuskori Demokratik partiyadan Vakillar palatasi a’zosi Yassamin Ansari bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, impichment haqidagi moddalar kelasi hafta rasman taqdim etiladi. Qonun chiqaruvchilarning asosiy e’tirozi — Erondagi operatsiyani boshqarishning “mulohazasiz” uslubi bo‘lib, bu nafaqat mintaqaviy barqarorlikka, balki Amerika harbiy xizmatchilarining xavfsizligiga ham tahdid solgan.

Avvalroq demokrat-senatorlar Pit Hegsetni kuch ishlatishga bo‘lgan o‘ta keskin yondashuvi uchun bir necha bor tanqid qilishgan edi. Endilikda tanqidlar huquqiy bosqichga o‘tdi: qonun chiqaruvchilar mojaroning kuchayishi fonida mudofaa idorasi rahbarining iste’fosiga erishmoqchi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing