O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari sermahsul muzokaralarni yakunladilar
O'zbekiston
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari muzokaralarga yakun yasab, kelgusi hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif uchrashuv ikki mamlakat strategik sherikligida yangi sahifa ochishini ma’lum qilishdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish. So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi va bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish maqsad qilingan. Bunda 130 ta qo‘shma korxona, shuningdek, Toshkent va Lahor o‘rtasida tiklangan aviaqatnovlar muhim o‘rin tutadi.
Sanoatda yangi loyihalarni ishga tushirish. Asosiy e’tibor farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, geologiya, to‘qimachilik va charm sanoatiga qaratilgan.
Transport yo‘laklarini rivojlantirish. Xususan, "O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston" multimodal yo‘nalishi va Transafg‘on temir yo‘li loyihasi shular jumlasidan.
Xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash. Terrorizm, transmilliy jinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi birgalikda kurashish zarurligi qayd etildi.
Madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish. "Umra plyus" dasturi doirasida mamlakatlar sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, madaniyat va san’at festivallarini tashkil etishga kelishib oldilar.
Muzokaralar yakunida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga qaror qilindi. O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va muhim sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish niyatida.

Powered by Froala Editor