Kim Chen In Shimoliy koreyada zamonaviy armiya qurishni buyurdi

Dunyo

“Hozirgi xalqaro vaziyatda imperialistlarning tajovuzkor tabiati ochiq namoyon bo‘lmoqda. Urush va qon to‘kishlar odatiy holga aylanyapti. Bunday sharoitda bizning qurolli kuchlar har qanday urushga mukammal tayyor bo‘lishi kerak,” – dedi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In. Bu haqida Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi KCNA xabar berdi.

Kim Chen In Shimoliy koreyada zamonaviy armiya qurishni buyurdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In har qanday urushga tayyor turish uchun mamlakat armiyasini zamonaviylashtirish va mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Kim Chen In Pxenyanda joylashgan Kang Kon harbiy akademiyasiga tashrif buyurib, harbiy tayyorgarlik tizimidagi kamchiliklarni tanqid qildi. U harbiy ta’lim sifatini oshirish, kursantlarni zamonaviy urush uslublariga o‘rgatish va ilg‘or texnologiyalar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish muhimligini aytdi.

Kimning bu tashrifi Shimoliy Koreyaning minglab askarlarini Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda yordam berish uchun jo‘natganidan keyin amalga oshdi. Janubiy Koreya razvedkasining ma’lum qilishicha, Kimning harbiy bo‘linmalar va mashg‘ulotlarni kuzatishi Shimoliy Koreyaning Rossiyaga qo‘shimcha askarlar yuborishga tayyorlanayotganidan darak berishi mumkin.

Janubiy Koreya rasmiylari Shimoliy Koreyaning Rossiyaga qurol va askarlar yetkazib berishi natijasida o‘z harbiy kuchlarini zamonaviy urush sharoitlarida sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishidan xavotir bildirmoqda.

KCNA xabariga ko‘ra, Kim harbiy akademiyaning boshqaruvi va o‘quv tizimidagi kamchiliklarni tanqid qilib, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Uning fikricha, xalqaro maydonda kuchayib borayotgan harbiy tahdidlar Shimoliy Koreyaning qurolli kuchlarini yanada rivojlantirish va har qanday urushga tayyor turishini taqozo etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing