2050 yilga borib dunyoda ko‘krak bezi saratonidan o‘lim holati 68 foizga oshadi
Dunyo
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan e’lon qilingan so‘nggi prognozlarga ko‘ra, 2050 yilga borib dunyoda ko‘krak bezi saratoni bilan bog‘liq o‘lim holatlari 68 foizga oshishi kutilmoqda. Bu esa jahon sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan eng yirik muammolardan biri sifatida baholanmoqda.
Bugungi kunda har 20 ayoldan biri hayoti davomida ko‘krak bezi saratoniga chalinadi. 2022 yilda 2,3 million ayolda ushbu xavfli kasallik aniqlangan bo‘lsa, 670 ming nafar bemor hayot bilan vidolashdi. Mutaxassislarning fikricha, agar tegishli choralar ko‘rilmasa, keyingi yillarda bu raqamlar yanada oshadi.
JSST Saratonni o‘rganish bo‘yicha xalqaro agentligi hisobotida ta’kidlanishicha, 2050 yilga kelib har yili 3,2 million yangi kasallik holati qayd etiladi, o‘limlar soni esa 1,1 millionga yetadi. Agentlik mutaxassisi Joanna Kimning so‘zlariga ko‘ra, hozirda har daqiqada to‘rt nafar ayolga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilmoqda, bir nafar ayol esa bu kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumayotgani achinarli haqiqatdir.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Kuba va 29 ta rivojlangan mamlakatda so‘nggi yillarda ko‘krak bezi saratonidan o‘lim darajasi pasaygan. Biroq faqat yettita davlat — Belgiya, Daniya, Litva, Malta, Niderlandiya, Sloveniya va Shveytsariya kasallikdan o‘lim holatlarini yiliga kamida 2,5 foizga kamaytirish bo‘yicha global sog‘liqni saqlash maqsadlariga erishmoqda. Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Norvegiya, Yangi Zelandiya va Shvetsiya esa ushbu maqsadlarga yaqinlashmoqda.
Nature Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, agar barcha mamlakatlar ko‘krak bezi saratonidan o‘lim holatini yiliga 2,5 foizga kamaytirishga muvaffaq bo‘lsa, 2050 yilga borib ushbu kasallik tufayli vafot etadiganlar soni deyarli ikki barobarga kamayadi.
Ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashishning eng samarali yo‘llaridan biri – kasallikning oldini olish va uni erta tashxislashdir. Muntazam tibbiy tekshiruvlar, sog‘lom turmush tarzi va xavf omillaridan qochish ushbu kasallikning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda skrining dasturlarini kengaytirish va aholini xabardor qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur.

Powered by Froala Editor