O‘zbekiston Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Xitoyga bordi
Siyosat
Kuni kecha 25-fevral kuni, Pekinda O‘zbekiston Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzoqov, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining Siyosiy byurosi a’zosi va Markaziy qo‘mita targ‘ibot bo‘limi rahbari Li Shuley bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
O‘tgan yili ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni "barcha ob-havo sharoitlariga bardoshli keng qamrovli strategik sheriklik" darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida e’lon qilgan edi. Bu tarixiy yutuq bo‘lib, ikki mamlakat aloqalarining yangi bosqichini belgilab berishini Li Shuley aytib o'tdi.
Sardor Umurzakov o‘z navbatida, O‘zbekiston Xitoy bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi. U ikki mamlakat rahbarlari belgilagan strategik yo‘nalish doirasida aloqalarni mustahkamlash va izchil rivojlantirish muhimligini qayd etdi.
Xitoy O‘zbekiston bilan siyosiy va iqtisodiy sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirish, partiyalararo aloqalarni mustahkamlash, madaniy muloqot va sivilizatsiyalararo dialogni chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi. Ushbu tashabbuslar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur uchrashuv Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va yangi tashabbuslarni ilgari surish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor