MrBeast ilk bor Toshkentda muxlislari bilan uchrashdi
O'zbekiston
MrBeast nomi bilan tanilgan amerikalik videobloger Jimmi Donaldson 9-oktabr kuni Toshkentda muxlislari bilan ilk bor uchrashdi. Ishtirokchilarni chellenjlar, viktorinalar, sovg‘alar va pul mukofotlari kutib oldi: uch nafar g‘olibning har biri 100 million so‘mdan oldi. O‘zbekiston poytaxti uning Markaziy Osiyo bo‘ylab safarining boshlang‘ich nuqtasiga aylandi.
Uchrashuv Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Turizm qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirga qatnashish uchun avval anketa to‘ldirish, so‘ng tasodifiy tanlovdan o‘tish talab etildi. Tanlangan ishtirokchilarga shaxsiy QR-kodlar yuborildi, tadbir manzili esa oldindan oshkor qilinmadi.
Dastur MrBeastning mashhur shoulariga xos topqirlik sinovlari, mantiqiy topshiriqlar va viktorinalarni o‘z ichiga oldi. Asosiy mukofotlar ichida har birida 100 million so‘m bo‘lgan pul solingan keyslar bor edi. G‘oliblar ularni quvonchga to‘lgan tomoshabinlar qarshisida ochdi. Tanlovdan o‘tgan boshqa ishtirokchilar ham sovg‘asiz qolmadi: ularga mato sumka, bloknot, bilaguzuk va stikerlardan iborat esdalik to‘plamlari berildi. Shuningdek, blogerning Feastables brendi shokoladlari tarqatildi.
O‘zbekistonliklar amerikalik mehmon uchun ham sovg‘alar tayyorladi. Mahalliy rassom MrBeast va uning jamoasiga ularni an’anaviy o‘zbek choponlarida tasvirlagan kartinani taqdim etdi. Bloger Maryam Tillyaeva esa unga MrBeast logotipi va Uzbekistan yozuvi tushirilgan, maxsus tikilgan choponni sovg‘a qildi. U Instagram sahifasida kiyim aynan videobloger uchun tayyorlanganini ma’lum qildi.
Tashrif mahalliy biznesda ham katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston brendlari va muassasalari mashhur mehmonning kelishidan foydalanib, reklama roliklarini e’lon qildi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda blogerning chellenjlaridan tanilgan qizil Lamborghini Toshkentda avariyaga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB bu ma’lumotni rad etdi. Keyinroq MrBeast avtomobil Dehlidagi suratga olish jarayonida shikastlanganini aniqlashtirdi.
Uchrashuv muxlislarga internet orqali tanish bo‘lgan shou formatlarini jonli ravishda ko‘rish imkonini berdi.

Powered by Froala Editor