O‘zbekistonda ekologik nazorat: qoidabuzarliklar va kadrlar bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlandi
O'zbekiston
O‘zbekistonda ekologik nazoratdagi kamchiliklar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralari keskin tanqid qilindi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, Ekopolitsiya boshlig‘i Aziz Abduhakimov rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish yakunida bir qator mas’ul rahbarlar lavozimidan ozod etildi.
Yig‘ilishda hududiy bo‘linmalar faoliyatidagi muammolar, ekologik talablarning bajarilishi va ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi. Ayrim hududlarda nazorat ishlari yetarli darajada olib borilmayotgani qayd etildi.
Xususan, chiqindilar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni takror sodir etayotgan shaxslarni aniqlash hamda ma’muriy jazo choralarini to‘g‘ri qo‘llashda kamchiliklar aniqlangan. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlamalarni monitoring qilish uskunalarini o‘rnatish va ularni elektron tizimga integratsiya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Ayrim hududlarda bu ishlar sust olib borilgan, ba’zi subyektlar esa uskunalar o‘rnatilgani haqida ma’lumot bermagan va tegishli hisobotlarni taqdim etmagan.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi kamchiliklar ham tanqid qilindi. Ayrim hollarda murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmagan.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qo‘llanildi. Andijon viloyati ekologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari, Namangan viloyati ekologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari, shuningdek, Xorazm viloyati ekologiya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Yig‘ilishda kamchiliklarni bartaraf etish va ekologik nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar ham belgilandi.

Powered by Froala Editor