AQSh bo'ylab talabalar Falastin uchun norozilik namoyishlarini o’tkazishdi

Dunyo

Chorshanba kuni kechqurun Kaliforniya va Texasda o'nlab norozilik ishtirokchilari hibsga olindi, chunki namoyishlar butun mamlakat bo'ylab tarqalishda davom etmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

AQSh bo'ylab talabalar Falastin uchun norozilik namoyishlarini o’tkazishdi
Ostindagi Texas universitetida shtat yo'l patrul xizmati xodimlari va otliq politsiya norozilik namoyishini tarqatib yubordi va 20 kishini hibsga oldi.

Janubiy Kaliforniya universiteti o'z kampusini yopiq deb e'lon qildi va namoyishni tarqatish uchun Los-Anjeles politsiya departamentiga murojaat qildi.

Boshqa namoyishlar Providensdagi Braun universiteti (Rod-Aylend), Ann Arbordagi Michigan universiteti, Kembrijdagi Massachusets texnologiya instituti va Gumboldtdagi Kaliforniya shtati politexnika universitetida bo‘lib o‘tdi.

Namoyishchi talabalar universitetlardan Isroil aktivlaridan xalos bo'lishni talab qilishdi va AQSh hukumatiga Isroilning Falastin fuqarolariga qarshi hujumlarini cheklash uchun bosim o'tkazishga harakat qilishdi.

Chorshanba kuni AQSh vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson universitet rektori kampusdagi tartibni tiklay olmasa, iste'foga chiqishi kerak degan fikrni bildirdi.

"Agar bu tartibsizlik tezda to'xtatilmasa, tahdid va qo'rqitish to'xtamasa, Milliy gvardiyani jalb qilish kerak bo'ladi", — dedi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing