Prezident asosiy islohotlar agentligi rahbarini tayinladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-86-son Farmoniga muvofiq, Abduqodirov Abdulla Mamasaatovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Prezident asosiy islohotlar agentligi rahbarini tayinladi
Abdulla Abduqodirov iqtisodiyot sohasida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi, iqtisodiyot fanlari doktori. 2022 yildan buyon Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abdulla Abduqodirovning strategik rejalashtirish va iqtisodiy islohotlar sohasidagi ko‘p yillik tajribasi Agentlik faoliyati samaradorligini oshirish hamda strategik tashabbuslarni izchil davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing