100 nafar o‘zbekistonlik “Prezident haji”ga jo‘nab ketdi
O'zbekiston
2026-yil bahori yuzlab o‘zbekistonliklar uchun asosiy ma’naviy orzularining ushalish vaqti bo‘ldi. “Prezident haji” dasturi doirasida yillar davomida jamiyat farovonligi uchun mehnat qilgan, ammo safar xarajatlarini qoplashga imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar Saudiya Arabistoniga bepul yo‘llanma oldilar.
Prezident tashabbusi bilan 100 nafar vatandoshimiz — olimlar va shifokorlardan tortib, oddiy xizmatchi va farroshlargacha — bepul haj safariga jo‘natildi. Nomzodlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan qat’iy tartibda saralab olindi. 2026-yilgi mavsum qizg‘in pallada: 2-maydan 18-mayga qadar mamlakatning 9 ta aeroportidan Madinaga reyslar amalga oshirilmoqda. Jami joriy yilda 15 ming o‘zbekistonlik muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi. Boshqa ziyoratchilar uchun safar narxi 77 million so‘m etib belgilangan.
Powered by Froala Editor