AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya rossiyalik hakerga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Texnologiya

AQSh moliya vazirligi Aleksandr Ermakovni 2022-yilda “Medibank”ga kiberhujum sodir etganlikda ayblamoqda.

AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya rossiyalik hakerga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Amerika Qo'shma Shtatlari Buyuk Britaniya hamda Avstraliya bilan birgalikda eng yirik tibbiy sug'urta kompaniyasi — “Medibank”ning ma'lumotlar bazasini buzib kirishda ayblangan rossiyalik Aleksandr Ermakovga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi xabar berdi.

“AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi Avstraliya va Buyuk Britaniya bilan kelishilgan holda 2022-yilda “Medibank”ga kiberhujumda asosiy rol oʻynagan Rossiya fuqarosi Aleksandr Ermakovni kiberxavfsizlik roʻyxatiga qoʻshdi”, deyiladi bayonotda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing