AQSh byudjeti defitsiti iyul oyida 10 foizga oshdi
Iqtisodiyot
Iyul oyida AQSh davlat byudjeti defitsiti 243,74 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 foizga ko‘pdir. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning iyul oyida davlat byudjeti tushumlari 19,6 foizga o‘sib, 330,377 milliard dollarga yetdi, xarajatlar esa 15,5 foizga oshib, 574,119 milliard dollarni tashkil etdi.
2024 moliyaviy yilining dastlabki o‘n oyida AQSh davlat byudjeti defitsiti 6 foizga kamayib, 1,517 trillion dollarga tushdi.
Byudjet tushumlari 10,7 foizga oshgan bo‘lsa, umumiy xarajatlar 5,6 foizga ko‘tarildi, jumladan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 32 foizga oshib, 956 milliard dollarga yetdi.

Powered by Froala Editor