Kim Çen In KXDR armiyasini ehtimoliy uruşga tayyorlanishga çaqirdi

Dunyo

KXDR yetakçisi Kim Çen In Koreya Xalq armiyasining rota komandirlarini maşğulotlarni kuçaytiriş va bölinmalarni ehtimoliy uruşga töliq tayyor holatga keltirişga çaqirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi rota komandirlarining uçinçi yiğilişi yakunlari böyiça xabar berdi.

Kim Çen In KXDR armiyasini ehtimoliy uruşga tayyorlanishga çaqirdi
Kimning ta’kidlashiça, komandirlarning asosiy vazifasi bölinmalarning jangovar şayligini muntazam ravişda yuqori darajada saqlaşdir. Buning uçun jadal va uzluksiz maşğulotlar ötkaziş, harbiy xizmatçilarning vatanparvarlik ruhini hamda mafkuraviy barqarorligini mustahkamlash zarur. KXDR rahbari rota komandirlarining armiyani kuçaytirishdagi alohida örnini ham qayd etdi.

Kim Çen In fikriça, qurolli kuçlarning jangovar salohiyati faqat zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikaga emas, balki şaxsiy tarkibning tayyorgarligi, bölinmalarning jipsligi va barqarorligiga ham bog‘liq. Şimoliy Koreya agentligi xabariga köra, komandirlar maşğulotlar samaradorligini oşirib, bölinmalarni yuqori salohiyatli jangovar tuzilmalarga aylantirishi kerak.

Tadbirda KXDR milliy mudofaa vaziri Kim Son Gi, Koreya Xalq armiyasi Boş ştabi boşlig‘i Ri Yong Gil va boşqa yuqori martabali harbiylar qatnaşdi. Yiğiliş yakunida Kim Çen In iştirokçilar bilan suratga tuşdi.

Bayonot Pxenyan harbiy faolligini davom ettirayotgan bir paytda yangradi. Bundan sal avval KXDR Yapon dengizida suvosti kemasidan strategik qanotli raketalarning ikki turini sinov tariqasida uçirganini ma’lum qilgan edi. Bu ma’lumotlar Şimoliy Koreya davlat axborot vositalarida e’lon qilindi.

Xalqaro hamjamiyat e’tibori mamlakatning yadroviy dasturiga ham qaratilgan. Avvalroq Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik KXDRdagi Yonbyon yadroviy majmuasida uranni boyitishga möljallangan yangi obyekt qurilayotgani haqida xabar bergan edi. Ma’lumotlarga köra, obyekt gaz sentrifugalarining köpi bilan 28 ta kaskadiga möljallangan.

Kimning çaqirig‘i KXDR rahbariyati armiya salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatçilar tayyorgarligini oşirish va bölinmalarning jangovar vazifalarni bajarishga şayligini ta’minlashga ustuvor ahamiyat berayotganini körsatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing