AQSh Davlat kotibi: Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar uchun imkoniyatlar deyarli tugagan
Dunyo
AQShning Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etish salohiyati deyarli tugaganini Davlat kotibi Marko Rubio tan oldi. Uning aytishicha, Vashington allaqachon eng yirik energetika kompaniyalariga zarba bergan va endi yangi choralar topish qiyinlashgan.
Rubioning bayonoti Kanadada bo‘lib o‘tgan G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida yangradi. Unda Moskva ustidan bosimni davom ettirish strategiyasi va energetika siyosatidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi.
“Bizda sanksiya qo‘llash uchun juda oz obyektlar qoldi. Biz ularning eng yirik neft kompaniyalariga zarba berdik — buni hamma so‘ragandi. Natijani his qilish uchun vaqt kerak, lekin men endi yana nima qilish mumkinligini bilmayman. Bizning imkoniyatlarimiz deyarli tugadi,” — dedi Marko Rubio.
O‘tgan oy oxirida AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning eng yirik neft eksportchilari — “Lukoil” va “Rosneft” kompaniyalariga hamda ularning sho‘ba korxonalariga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Ularga xizmat ko‘rsatishda davom etuvchi xorijiy kontragentlarga ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.
Natijada Hindistonning yirik neft zavodlari va Xitoyning davlat neft kompaniyalari Rossiyadan yangi neft xaridlarini vaqtincha to‘xtatdi. Ushbu mamlakatlar Rossiya neftining eng katta importchilari hisoblanadi.
Tahlilchilarga ko‘ra, Rubioning so‘zlari AQShning sanksion imkoniyatlari deyarli tugaganini va Rossiyaning asosiy eksport tarmoqlari allaqachon nishonga olinganini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor