AQSh Eronga 15 banddan iborat tinchlik rejasi taklif qildi

Dunyo

Vashington Tehronga Yaqin Sharqdagi mojaroni yakunlash bo‘yicha keng qamrovli reja taqdim etdi. Hujjat yadro dasturiga qat’iy cheklovlar evaziga sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutadi.

AQSh Eronga 15 banddan iborat tinchlik rejasi taklif qildi
AQSh Pokiston orqali vositachilar yordamida Eronga 15 banddan iborat kelishuv loyihasini yetkazdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Hozircha Tehronning rasmiy munosabati ma’lum emas. Shuningdek, reja Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani ham aniq emas.

Manbalarga ko‘ra, asosiy talab — Eronning yadro qurolidan to‘liq voz kechishi. Rejaga binoan, yadro salohiyatini demontaj qilish, uranni boyitishni taqiqlash va barcha boyitilgan materiallarni MAGATE nazoratiga topshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Natanz, Isfahon va Fordodagi yadro obyektlarini yopish va yo‘q qilish, MAGATE uchun to‘liq kirish imkonini ta’minlash talab etiladi.

Boshqa shartlar qatorida — mintaqadagi qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish, raketa dasturini cheklash va Ormuz bo‘g‘ozini ochiq saqlash majburiyati bor.

Reja bir oy muddatga o‘t ochishni to‘xtatishni ham nazarda tutadi — bu vaqt ichida tomonlar yakuniy kelishuvni muhokama qiladi.

Evaziga AQSh barcha sanksiyalarni bekor qilish, tinch yadro dasturini rivojlantirishda yordam berish va yangi sanksiyalar bilan tahdid qilmaslikni taklif etmoqda.

Hujjatda siyosiy rejimni o‘zgartirish yoki siyosiy mahbuslarni ozod qilish talablari yo‘q. Mutaxassislar bu shartlar Tehron uchun qabul qilinmasligi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing