AQSh Eronga qarshi yashirin operatsiya o'tkazishni ko'rib chiqmoqda
Dunyo
Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi o‘z bazasiga qilingan hujumga javob berishning turli variantlarini, jumladan, Eronga qarshi maxfiy operatsiya o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deb habar bermoqda “Bloomberg” agentligi.
Manbalarga ko'ra, AQShning uchta harbiy xizmatchisini o'ldirgan hujum Vashington tomonidan G'azo sektoridagi mojaro boshlanganidan keyin qilingan javobdan ko'ra keskinroq bo’ladi. Ehtimoliy harakatlar orasida Qo'shma Shtatlarning sahna ortida qolgan holda “Eronga zarba beradigan yashirin operatsiyasi” tilga olingan. "Eron rasmiylariga to'g'ridan-to'g'ri hujumlar" uyushtirilishi mumkin.
Qo'shma Shtatlar prezidenti Jo Bayden qanday yo'l tanlashidan qat'i nazar, o'z davridagi "eng muhim qarorlardan biri" bilan to'qnash keladi. Agentlikka ko’ra, bu Vashington va Tehron oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuvga olib kelishi hech gap emas.

Powered by Froala Editor