AQSh Grenlandiya ustidan nazorat uchun savdo bosimini ishga solmoqda

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya bo‘yicha AQSh pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamagan davlatlarga nisbatan savdo bojlarini joriy etishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, orol AQShning milliy xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega.

AQSh Grenlandiya ustidan nazorat uchun savdo bosimini ishga solmoqda
Tramp Grenlandiyani Arktika mintaqasidagi xavfsizlik uchun muhim hudud deb atab, bu yerda Rossiya va Xitoy faolligi ortib borayotganini ta’kidladi. U Vashington orol ustidan nazoratni «har qanday yo‘l bilan» qo‘lga kiritishi mumkinligini istisno etmadi.

Bayonotlar AQSh Kongressining ikki partiyadan iborat delegatsiyasi Kopengagenga tashrif buyurgan paytda yangradi. Avvalroq Daniya va Grenlandiya tashqi ishlar vazirlari AQSh rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Grenlandiya Daniyaning avtonom hududi bo‘lib, Yevropa Ittifoqiga kirmaydi, ammo NATO a’zosi hisoblanadi. Daniya rasmiylari Grenlandiya taqdiriga oid qarorlar faqat Daniya va orolning o‘zi tomonidan qabul qilinishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing