AQSh husiylarning Bob al-Mandab tomon siljishi fonida Saudiya Arabistoniga ko‘makni kuchaytirdi
Dunyo
AQSh husiylarning Yaman g‘arbiy sohillari bo‘ylab hujumi fonida Saudiya Arabistoniga harbiy ko‘makni kuchaytirdi. 100 dan ortiq amerikalik harbiy maslahatchi qirollik hududida razvedka ma’lumotlari va nishonlarni aniqlash bo‘yicha yordam bermoqda, husiylar esa Bob al-Mandab bo‘g‘oziga yaqinlashdi.
CNN ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda qo‘shma qo‘mondonlik tuzilgan. AQSh nishonlarni tahlil qilish vositalari va geofazoviy ma’lumotlarni taqdim etmoqda, biroq zarbalarda bevosita qatnashmayapti va Saudiya samolyotlariga havoda yonilg‘i quyish ishlarini amalga oshirmayapti.
Saudiya Arabistonining neft sohasi ham bosim ostida qolmoqda. Avgust oyida mamlakatda neft qazib olish iyulga nisbatan 23 foizga kamayib, sutkasiga 6,24 mln barrelni tashkil etdi. Bu 2026-yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni neftning bir qismini East-West Pipeline orqali Qizil dengizdagi Yanbu portiga yo‘naltirdi. Biroq husiylarning Saudiya portlariga blokada e’lon qilishi va kemalarga hujumlari eksport uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda.
10-sentabr kuni Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Donald Trampga ikki marta qo‘ng‘iroq qilib, husiylarga zarba berishni so‘ragan. Axios ma’lumotiga ko‘ra, Tramp yangi front ochishdan bosh tortib, AQSh e’tiborini Eron va Hormuz bo‘g‘oziga qaratishni ma’qul ko‘rgan.
Ayni paytda husiylar Bob al-Mandab yaqinidagi Dhubabga yetib bordi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Dhubab va uning ro‘parasidagi Perim orolini nazorat qilish bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega.

Powered by Froala Editor