AQSh Isroilga “Barcha bombalar onasi”ni yetkazib beradi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroilga 10 tonnalik GBU-43/B (MOAB) aviabombalarini yetkazib berishini e’lon qildi. Ushbu bomba dunyodagi eng kuchli yadroviy bo‘lmagan aviabombalardan biri bo‘lib, “Barcha bombalar onasi” nomi bilan mashhur.
GBU-43/B ning og‘irligi 9800 kilogrammni, uzunligi 9,1 metrni, diametri esa 103 santimetrni tashkil qiladi. U o‘zining ulkan portlash kuchi bilan harbiy mojarolarda hal qiluvchi zarba berish qudratiga ega.
Avvalroq AQShning oldingi rahbarlari – Jorj Bushdan tortib, Jo Baydengacha – ushbu qurolni Isroilga yetkazib berishdan bosh tortgan edi. Bunga asosiy sabab sifatida Yaqin Sharqdagi keskinlikning yanada oshishi xavfi ko‘rsatilgan. Biroq Donald Tramp bu borada butunlay boshqacha qaror qabul qilib, Isroil harbiy-havo kuchlariga GBU-43/B MOAB bombalarini yetkazib berishga ruxsat berdi.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, Isroil ushbu qurollarni asosan Eron bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy to‘qnashuvda qo‘llashni rejalashtirmoqda. Biroq ayrim ekspertlar va inson huquqlari tashkilotlari bu bombalarning G‘azo sektoridagi falastinliklarga qarshi ishlatilish ehtimolidan xavotir bildirmoqda.

Powered by Froala Editor