Uydan 406 700 kilometr uzoqlikda
Dunyo
Insoniyat koinot qa’riga tarixda har qachongidan ham chuqurroq kirdi. NASA astronavtlari so‘nggi 50 yil ichida ilk bor Oy atrofida odam bilan uchish missiyasini muvaffaqiyatli yakunlab, Yer qobig‘idan 406 700 km uzoqlashdilar va parvoz masofasi bo‘yicha mutlaq jahon rekordini o‘rnatdilar.
Tarixiy missiya hozirda yakuniy bosqichda. Ayni damda kosmik kema “erkin qaytish” trayektoriyasi bo‘yicha o‘z ona sayyorasi tomon yo‘l olmoqda. Ushbu bosqichning o‘ziga xosligi shundaki, kema faqatgina gravitatsiya kuchi hisobiga harakatlanmoqda — asosiy dvigatellar o‘chirilgan va ular faqatgina fazodagi holatni biroz to‘g‘rilash uchungina ishlatilmoqda.
Yo‘nalishning yakuniy nuqtasi — Tinch okeani. Agar NASA mutaxassislarining hisob-kitoblari o‘zini oqlasa, 10-aprel kuni ekipaj tushiriladigan kapsula AQSH qirg‘oqlariga yaqin hududda suvga qo‘nadi. Ushbu ekspeditsiyaning muvaffaqiyati koinotni o‘zlashtirishda yangi sahifa ochadi va zamonaviy texnologiyalarning insonni Oy orbitasiga qaytarishga tayyorligini isbotlaydi.

Powered by Froala Editor