AQSh Kubani milliy xavfsizlikka tahdid deb e’lon qildi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp Kuba hukumati siyosati va harakatlari sabab mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotda Gavana AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga “g‘ayrioddiy va favqulodda tahdid” solayotgani aytilgan.

AQSh Kubani milliy xavfsizlikka tahdid deb e’lon qildi
AQSh rahbarining ta’kidlashicha, Kuba Vashington tomonidan dushman sifatida baholanadigan bir qator davlatlar va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular qatorida Rossiya, Xitoy, Eron hukumati, shuningdek HAMAS harakati va Livandagi “Hizbulloh” guruhi tilga olingan.

Oq uyga ko‘ra, Kuba rasmiylari AQShning dushman davlatlar, transmilliy terroristik tuzilmalar va boshqa xavf manbalariga qarshi choralariga to‘sqinlik qilmoqda, jumladan G‘arbiy yarim sharda ham.

Shuningdek, Tramp farmon kuchga kirganidan so‘ng, Kubaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita neft sotayotgan yoki yetkazib berayotgan davlatlardan AQShga olib kiriladigan tovarlarga qo‘shimcha advalor bojlar joriy etilishi mumkinligini bildirdi.

Avvalroq AQSh ommaviy axborot vositalari Tramp ma’muriyati Kubaga neft importini to‘xtatish maqsadida yanada qat’iy choralar, jumladan harbiy-dengiz blokadasi ehtimolini ham ko‘rib chiqayotganini xabar qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing