AQSh Nigeriyada IShIDga zarba berdi
Dunyo
AQSh Nigeriyaning shimoli-g‘arbida joylashgan «Islomiy davlat» guruhiga qarshi zarbalar berdi. Amaliyot Nigeriya rasmiylari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
AQSh qurolli kuchlari Nigeriyaning shimoli-g‘arbida «Islomiy davlat» (IShID) terrorchi guruhiga qarshi zarbalar berdi. Bu haqda Donald Tramp ma’lum qilib, operatsiyani «kuchli va halokatli» deb atadi.
Trampning aytishicha, AQSh harbiylari jangarilarga qarshi bir nechta aniq zarbalar bergan. U guruhni tinch aholiga, jumladan, xristianlarga qarshi zo‘ravon hujumlarda aybladi.
AQSh Qurolli kuchlarining Afrika qo‘mondonligi (Africom) hujum Sokoto shtatida amalga oshirilganini va Nigeriya xavfsizlik kuchlari bilan muvofiqlashtirilganini bildirdi.
Tramp Truth Social’dagi bayonotida terrorchilarni avvalroq ogohlantirganini eslatib, AQSh radikal islomiy terrorizmning kuchayishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
Noyabr oyida u AQSh harbiylariga Nigeriyada faoliyat yuritayotgan islomiy guruhlarga qarshi ehtimoliy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Powered by Froala Editor