O‘zbekistonda maxsus AVION aviakompaniyasi ishga tushirildi

O'zbekiston

O‘zbekistonda maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan yangi AVION aviakompaniyasi tashkil etildi.

O‘zbekistonda maxsus AVION aviakompaniyasi ishga tushirildi
Kompaniya aviaparkining asosiy qismi — aeronavigatsiya tizimlarining xalqaro talablarga va ICAO standartlariga muvofiqligini baholash uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya-samolyotdir.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, AVIONning tashkil etilishi asosiy tekshiruv va kalibrlash ishlarini ichki resurslar hisobidan amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa milliy aviatsiya infratuzilmasining samaradorligi va mustaqilligini oshiradi.

Yangi aviakompaniya mamlakat aviatsiya sohasini rivojlantirish va uni xalqaro xavfsizlik standartlariga moslashtirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing