AQSh o‘nlab mamlakatlar uchun vizalarni vaqtincha to‘xtatdi

Dunyo

AQSh hukumati 75 davlat fuqarolari uchun viza rasmiylashtirishni vaqtincha to‘xtatdi.

AQSh o‘nlab mamlakatlar uchun vizalarni vaqtincha to‘xtatdi
AQSh Davlat departamenti ariza beruvchilarni tekshirish va tanlash tartiblarini kuchaytirish doirasida 75 mamlakat fuqarolari uchun vizalar berilishini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Fox News telekanali idoraviy memorandumga tayanib xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, konsullik xodimlariga tekshiruv jarayonlari qayta ko‘rib chiqilguniga qadar amaldagi qonunchilik asosida viza berishni rad etish topshirilgan. Mazkur choralar xavfsizlik talablarini kuchaytirish bilan bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.

Viza pauzasi joriy etilgan davlatlar qatoriga Rossiya, Somali, Afg‘oniston, Braziliya, Eron, Iroq, Misr, Nigeriya, Tailand, Yaman va boshqa mamlakatlar kiradi.

Tekshiruv jarayonlari qachon yakunlanishi va viza berish qachon tiklanishi hozircha ma’lum emas.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing