AQSh Qatardan Isroil va Livan o'rtasida vositachilik qilishni so'radi

Dunyo

Qo'shma Shtatlar Isroil va Livan shia tashkiloti Hizbulloh o'rtasidagi janglarning keng ko'lamli urushga aylanishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilmoqda va mojaroni hal qilish ustida ishlamoqda. Bu haqda The Washington Post manbalarga tayanib xabar berdi.

AQSh Qatardan Isroil va Livan o'rtasida vositachilik qilishni so'radi
"Isroil va HAMAS o'rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilgan Qatar, shuningdek, Qo'shma shtatlardan Livanda vositachilik qilishda yordam berish to'g'risida iltimosnoma oldi",— dedi nashrning suhbatdoshi.

Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati G'azo sektoridagi sulhni Livandagi inqirozni hal qilish yo'lidagi muhim qadam deb biladi. Ammo AQSh rasmiylari keskinlikni hal qilish uchun boshqa yo’llarni ham ko'rib chiqmoqdalar.

22-iyun kuni AQSh Hizbulloh bilan keng ko'lamli mojaro yuzaga kelgan taqdirda Isroilga harbiy yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing