AQSh Rossiya TIV murojaatidan so‘ng rossiyalik dengizchilarni ozod qilmoqda
Dunyo
Oq uy qarori Moskva va Vashington o‘rtasidagi diplomatik aloqalar natijasi bo‘ldi. Rossiya hukumati dengizchilarni vataniga qaytarishga hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy murojaatidan so‘ng “Marinera” tankerining ekipajida bo‘lgan ikki nafar Rossiya fuqarosini ozod etish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Rossiya tashqi siyosat idorasi ushbu qarorni olqishlab, AQSh rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ozod etilgan vatandoshlarni imkon qadar tezroq Rossiyaga qaytarish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.
Ularning qanchon Rossiya tomoniga topshirilishi hozircha aniqlashtirilmagan.

Powered by Froala Editor