AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiyalar paketini 100 foizgacha tariflar bilan ma’qulladi
Iqtisodiyot
AQSh Senati Rossiya va Eronga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat Prezident Donald Trampga Rossiya nefti va gazining yirik xaridorlari bo‘lgan mamlakatlarga 100 foizgacha boj tariflari joriy etish vakolatini beradi. Qonun loyihasini 86 senator qo‘llab-quvvatladi, 11 senator qarshi chiqdi.
Hujjat marhum senator Lindsi Grem sharafiga Lindsey O. Graham Sanctioning Russia and Iran Act of 2026 deb nomlangan. U Rossiya energiya resurslarini eng ko‘p xarid qiluvchi besh davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga, shuningdek, Rossiya energetika sektoriga nisbatan sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beruvchi mamlakatlarga nisbatan maqsadli tariflarni joriy etish imkonini beradi.
Qonun loyihasining alohida qismi Eronga taalluqli bo‘lib, Eronning energetika va mudofaa sektorlarini moliyalashtirishni cheklovchi sanksiya vakolatlarining amal qilish muddati tugashining oldini olishga qaratilgan.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti milliy xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, sanksiyalarni vaqtincha to‘xtatish huquqini saqlab qoladi. Cheklovlarni to‘liq bekor qilish esa Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilishi hamda harbiy harakatlar to‘xtatilishi bilan bog‘langan.
Endi qonun loyihasini AQSh Vakillar palatasi ko‘rib chiqishi kerak. Palata yozgi ta’tilga chiqqan va 31 avgustdan keyin hujjatni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor