AQSh universiteti falastinparast talabalarni darslardan chetlatishni boshladi

Dunyo

Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti Falastinni qo'llab-quvvatlovchi namoyishchilar chodirini tark etishdan bosh tortgan talabalarni darslardan chetlatishni boshladi, deb xabar berdi Axios.

AQSh universiteti falastinparast talabalarni darslardan chetlatishni boshladi
Universitet rahbariyati talabalarni 29-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 gacha chodirni tark etishni talab qildi. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, talabalar itoatsizlik uchun sanksiyalar "sinov muddati, kirishni cheklash, chetlatish va chegirmalarni" o'z ichiga olishi haqida xabar olishgan. Belgilangan muddatdan uch soat o'tgach, talabalar darslardan chetlatila boshladi.

Universitet vakili Ben Changning ta'kidlashicha, chetlatilgan talabalar semestrni tugata olmaydilar va oliy ta’lim olish imkoniyatidam mahrum bo’ladilar. Shuningdek, ularga kampus turarjoylari va o'quv binolariga kirish taqiqlanadi.

The New York Times gazetasining yozishicha, 29-aprel holatiga ko'ra, AQShda falastinliklarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha talabalar aksiyalarida 800 dan ortiq odam hibsga olingan.

G'azo sektorida urush 7-oktyabrdan boshlab davom etmoqda, Falastinning HAMAS harakati Isroilning chegara hududlariga hujum qilib, bir vaqtning o'zida katta raketa hujumlarini amalga oshirdi va odamlarni garovga oldi. Bunga javoban Isroil HAMASga qarshi urush e'lon qildi va G'azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani boshladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing